Millatlarni birlashtirgan festival

Date:

Mamalakatimizda 130 dan ortiq millat va elat o‘zaro hamjihatlikda, bag‘rikenglikda yashab kelayotir. Xalqlarning bir-biriga nisbatan do‘stona, samimiy munosabati esa ularning ko‘zlaridagi mehrdan ufurib turadi. Har bir elatning o‘zgacha madaniyati mavjud bo‘lib, biri ikkinchisini takrorlamaydi. Ularning o‘ziga xosliklari insonni ohangrabodek jalb qiladi. Shu tarzda bir xalq vakili boshqa biriga qiziqish bildirib, ularning turish-turmushidan ko‘proq narsa o‘rgangisi keladi. O‘zga xalqlar madaniyatini o‘rganishning, ularning eng maqbul taraflarini targ‘ib qilishning eng yaxshi usullaridan biri esa bu bayram, tadbirlardir.

Shu maqsadda, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Gulobod” va “Xalqobod” mahallasida “Millatlararo do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu mahallalarning o‘ziga xos jihati ikkisida ham tojik va o‘zbek xalqlari bir butun, jips holda yashab kelishadadir. Festival musiqa maktabining qoshida, tuman hokimligi, madaniyat boshqarmasi hamda tojik milliy madaniyat markazi raisi Habibullo Ismatullayev birligida o‘tkazildi.
Oltinsoy tumanida o‘nlab turli millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda, tadbir davomida ularning madaniy jozibasi jajji qizlarning chiqishlari orqali namoyish etib borildi. Tadbirda ishtirok etgan 300 ga yaqin yosh-u qari tomoshabin har bir chiqishni o‘zgacha hayajon bilan kuzatdi.

Festivalda ijro etilgan turli millat musiqalariga barcha qatnashuvchilar birdek jo‘rovoz bo‘lishdi. Musiqalarga mos raqslar esa barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Festival millatlarni bir-biriga yaqinlashtirish bilan bir qatorda ular o‘rtasidagi iliq do‘stlik munosabatini yana bir bora mustahkamladi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU talabalari o‘qishni Turkiyada davom ettiradimi?

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin deyishganidek, til o‘rganishda ham...

Pilla mavsumiga start berildi

Joriy yil pilla hosili uchun birinchi mavsumga start berildi....

Ijodkor yoshlar bellashdi

Ijodkor, qo‘liga qalam tutib, nasr yoki nazmda ijod qilishni...

Mehmonlar yuksak saviyada kutib olinadi

Joriy yilning 1-7-may kunlari “Boysun bahori” xalqaro festivali bo‘lib...
KunTun
KunTun