Yangilash ishlari olib borildi

Date:

Ko‘chalarda transport qatnovi bugungi kunda har qachongidan gavjum. Avtomobillarning soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bu miqdorning oshishi esa tabiiy-ki yo‘l transport hodisalarining ortishiga ham sabab bo‘lib borayotir. Ayniqsa, yo‘l belgilarining ko‘rinmas holatga kelishi yoki butunlay o‘chib ketishi jarayonni yanada tezlashtiradi.

Fuqarolar hayoti va sog‘ligi muhofazasi yo‘lida hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Sariosiyo tumanida yo‘l belgilarini saqlash va yangilash ishlari olib borildi. Hududdagi ko‘rib bo‘lmas darajada xiralashgan yo‘l belgilarining bir qanchasi ta’mirlangan bo‘lsa, ba’zilari olib tashlanib, yangilariga almashtirildi. Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirishni o‘zlarining asosiy maqsadi deb bilgan Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bu ishga bosh bo‘ldi. Shuningdek, yo‘l chetidagi beton to‘siqlar ham to‘liq oqlab chiqildi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun