Bog‘da o‘sgan do‘lana

Date:

Marjondek ipga tizilgan do‘lanani ko‘rsangiz, bolaligingiz yodga tushishi aniq. Sababi siz ham o‘sha do‘lana marjonlaridan bo‘yningizga taqib, meva donalarini maza qilib tanovul qilgansiz. Kattalar aytishgan do‘lana tog‘da o‘sadi. Bepoyon tog‘ yon bag‘irlarida yastanib yotgan kengliklarda shig‘il-shig‘il hosil tugib yotgan do‘lanalar ko‘z-ongimizda, taavvurlarimizda qolib ketgan.

Qiziriqlik Bobur Rahmatov o‘z bog‘ida do‘lana yetishtirib kelmoqda. Avvaliga bu ishni shunchaki qiziqib, unadimi-yo‘qmi degan maqsadda do‘lana qalamchalarini yerga qadagan edi. Buni qarangki, e’tibor va qarovdan qalamchadan nishlar ko‘karib, bo‘y cho‘zishni boshladi. Bu yil ko‘chatlar barq urib quloch yozgan, g‘arq pishgan hosilni esa daraxt shoxlari bazo‘r ko‘tarib turgandek.

Qo‘li gul bog‘bonning bog‘iga kelsangiz, ajoyib manzaraning guvohi bo‘lasiz. Bog‘da apelsin, limon, olma, anjir, uzum va boshqa noyob mevali daraxtlarning ham turlari yashnab, hosil tugib turibdi. Bog‘bon mehnatidan rozi, bog‘idagi daraxtlar esa uni yanada ruhlantirgan. Negaki u noyob daraxtlar turini yanada ko‘paytirishni maqsad qilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun