Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi imtihonsiz tiklanadi

Date:

Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotgan fuqaro borki, qayta imtihon topshirib, mazkur guvohnomani qayta tiklatishi mumkin edi. Endi esa bu tizim butunlay bekor qilinadi. Hukumatning “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qolaversa, “Yo‘qotilgan milliy haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni)ning dublikati transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari ma’lumotlar bazasida tekshirilgandan so‘ng imtihonlarsiz beriladi”, deyiladi hujjat matnida.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi. 2023-yil 1-yanvargacha esa Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun