Surxondaryoda soya yetishtiriladi

Date:

Ayni paytda soyaga boʻlgan talab kuchayganining koʻplab sabablari bor. Avvalo, uning doni tarkibida 50 foiz oqsil, 28 foizgacha moy boʻlib, oziq-ovqat sanoatida muhim xomashyo hisoblanadi. Soyaning sanoat, texnika, chorvachilikni rivojlantirishda ham roli katta. Undan sovun, lak-boʻyoq, plastmassa, plyonka ishlab chiqarishda, kimyo, toʻqimachilik sanoatida keng foydalaniladi. Qimmatli ozuqa ekanligi esa uning ahamiyatini yanada oshiradi. Chunonchi, soyadan shrot, kunjara olinadi. Yashil poyasi chorva uchun toʻyimli oziqadir. Xullas, soyadan 400 dan ortiq xildagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Qolaversa, ziroatchilikning mazkur turini rivojlantirish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan oʻta foydalidir. Bu, aholi demografiyasi tufayli kundalik isteʼmol tovarlariga ortib borayotgan ehtiyojni kafolatli qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda qoʻl keladi.
Janubiy mintaqada asosan sentyabr, yanvar oylarida soya ekish ayni qulay vaqt. Ayniqsa, ekish joyini tanlash, bunda iqlim va tuproq katta ahamiyatga ega.
Soya yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Angor tumanidagi “Tallimaron” hududida joylashgan “Angor sabzavotchilik va polizchilik elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJ dala maydonida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

espublika ishchi guruhi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJ, tuman hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va masʼul xodimlari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Respublika ishchi guruhi rahbari Shuhrat Uzoqov soya oʻsimligidan yuqori hosil olish texnologiyasi borasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar va ish tajribalarini ommalashtirish zarurligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Seminar davomida soha mutaxassislarining maʼruzalari tinglandi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun