“Yoshlar daftari” ko‘lami kengaydi

Date:

Yosh avlodni kasbga yo‘naltirish, ularning kelgusida kimningdir qo‘liga qaram bo‘lib qolmasdan, o‘z g‘oya va tashabbuslarini, qobiliyatini yuzaga chiqarib hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga keng yo‘l ochish hammasidan ham muhim. Shuning uchun ham ayni kuch-g‘ayrat va shijoatga to‘la mahalida ularning o‘zlariga keng imkoniyat berish borasida yurtimizda ko‘plab amaliy harakatlar olg‘a surilayotgani barchamizga ayon.

Yoshlarning maktab yoshidanoq kasb-hunar o‘ganishi, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishi borasidagi ishlar maqtashga arzigulik. Ular uchun yana bir imkoniyat yaratilmoqdaki, endilikda 14 yoshdan boshlab, o‘quvchilar qator yangi va yaxshi imtiyozlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Prezidentimiz Yoshlar kuniga bag‘ishlangan nutqida alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Xabaringiz bor, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlarimizning masalalarini hal etish maqsadida joriy qilingan “Yoshlar daftari” tizimi amalda ijobiy natijalar bermoqda.

Lekin, shuni ham unutmaslik lozimki, yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga boʻlgan qiziqishi 14 yoshidan, yaʼni maktab davridanoq shakllanadi”

“Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oraligʻidagi 3 million nafarga yaqin oʻgʻil-qizlarimizga ham “Yoshlar daftari”da koʻzda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, “Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga koʻpaytiriladi.

Ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming soʻmdan subsidiya berilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun 6 oy davomida 300 ming soʻmdan pul toʻlanishi, ularga ushbu yoʻnalishlar boʻyicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming soʻmdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun 12 million soʻmdan mablagʻ ajratilishi belgilanayapti.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun