“Karmaki”da qo‘g‘irchoq ishlab chiqarilmoqda

Date:

Inson shug‘ullanayotgan kasbi yo ishidan zavq olsagina, bu ishning muvaffaqiyatli kechishini, daromad keltirishi mumkinligini tahmin qilsa bo‘ladi. Shu maqsadda yoshlarni ish bilan band qilishda ularning qiziqish va layoqatlari inobatga olinadi. Qiziriqlik Dilnoza Bozorova ham qiziqishi kuchliligidan Sherobod tumanidagi qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish o‘quv markaziga o‘qishga bordi. Jarayonning o‘ziga yarasha qiyinchilik va mashaqqatlariga qaramay, uch oy deganda qo‘g‘irchoq yasashga usta bo‘lib oldi.

Mehnatingizning mevasi o‘laroq, bejirim va yoqimtoy qo‘g‘irchoq yaralsa, yomonmi? Ayniqsa, bu o‘yinchoqlarning mijozi jajji o‘g‘il-qizlar bo‘lsa-da, ko‘zi tushishi bilan mehri ham tushib, o‘ziniki bo‘lishini istab tursa. Bu holat, albatta, har bir usta-hunarmandga motivatsiya berishi, ruhlantirishi aniq. Ana shunday o‘y-xayollar bilan Dilnoza o‘zi istiqomat qiladigan “Karmaki” mahallasida hududidan o‘yinchoqlar ishlab chiqaradigan sex ochdi. “Sexni qanday ishlataman, kimlarni jalb qilaman” deb o‘ylab o‘tirmadi, mahalla faollarining ko‘magi bilan o‘yinchoq yasashga qiziquvchi ishsiz, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar qisqa fursatda jam bo‘lib, yosh usta-hunarmanddan hunar sirlarini o‘rganishni boshladi. O‘z navbatida Dilnoza ham sidqidildan ishga kirishdi. O‘rganish ishtiyoqida yonayotgan ko‘ngillarga qo‘g‘irchoq to‘qishni, rang tanlash, mos detallardan foydalanish bo‘yicha saboqlar bera boshladi.

Ayni paytda o‘qish va ish bir me’yorda davom etyapti. O‘rganuvchi qizlarning qo‘llari ancha kelishib qolgan. Avvaliga 5-6 nafar qiz bilan ish boshlagan yosh hunarmand qo‘l ostida hozirda 30 nafarga yaqin yosh hunar o‘rganib, ish boshlagan.
Qo‘g‘irchoq ishlab chiqaruvchi sex bahonasida yoshlar ish bilan band bo‘layotgan bo‘lsa, boshqa tomondan bozorlarimiz rastalaridan o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan hamyonbop va sifatli o‘yinchoqlarning joy olayotgani quvonarli hol, albatta.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun