64 ta modda 200 dan ortiq o‘zgartish

Date:

Bosh qomusimiz — Konstitutsiyani o‘zgartirishni, mazmunan boyitishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Albatta, mana shunday muhim jarayonlarda Surxon ahli ham bir chetda tomoshabin bo‘lib turgan emas. Ular ham yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish jarayonida o‘z takliflari, fikr va munosabatlari bilan faol ishtirok etdi va etayotir. Bu albatta, voha ahlining jamiyat hayotga daxldorlik tuyg‘usi ila yashayotganining amaldagi isbotidir. Taklif va g‘oyalarni o‘rganishlar natijasida Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Asosiy qonunimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish kiritish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotir. Bunday o‘zgarish va yangiliklarni xalqqa yetkazish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish har jihatdan muhim.

Shu maqsadda Termiz davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov 25-iyundan 5-iyulgacha “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berilganini ta’kidlab, keyingi yillarda vohada yuz bergan yangilanishlar, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritdi.

Muloqot jarayonida Oliy Majlis Senati a’zosi Orziqul Soatov, “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘limi rahbari Gulmira Amirova, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Rustam Norliyev, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Dilbar Suvonova, Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Sayyora Xursanova hamda boshqalar so‘zga chiqdilar va Bosh qomusimizga inson huquq va erkinliklari, oila, mehnat munosabatlari, sud-huquq sohasi, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda taklif etilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritdilar. Haqiqatan ham Bosh qomusimizga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar esa yanada tinch, to‘kin turmushimizni yanada mustahkam kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida olis va chekka hududlarda ham aholiga konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berib borish maqsadida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini davom ettirish kelishib olindi.

O‘z muxbirimiz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun