Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam!

Date:

Albatta, o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy bilimi oshdi, qarashlari o‘zgardi. Ular bugungi tizim, ijtimoiy-siyosiy hayot haqida bemalol o‘z munosabatlari bildira oladi. Haq-huquqlarini taniydi. Ayni shu jihatdan qaragan Prezidentning taklifi ham xalq manfaatlarini, huquqlarini ko‘zlaydi. Bugun inson qadri ulug‘langan davlatda har bir fuqaroning fikri, nuqtai nazari muhim. Davlat ularni eshitadi va qo‘llab-quvvatlaydi. Davlatning bosh qomusi — Konstitutsiya esa xalq huquqlari, manfaatlarini himoya qila olishi shart. Shu nuqtai nazardan bugun xalq fikriga, takliflariga quloq tutilayotir. Demak, har birimizdan mas’uliyat va shu davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida daxldorlik hissi ila yondashish talab etiladi.

Ayni mavzudan kelib chiqib, viloyat Yoshlar markazida “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “Mening Konstitutsiyam!” mavzusida viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar va faol fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari G.Amirova, Oliy Majlis senati a’zosi O.Soatov, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri S.Abduraimov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib, muhim jarayonda barchani xolis va mushohada bilan o‘ylashga taklif etdi.
Davra suhbatida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan ko‘zlangan maqsad, aholi tomonidan bildirilayotgan takliflarning Konstitutsiyaviy komissiyada ko‘rib chiqilishi, qabul qilinishi bo‘yicha olib borilgan ishlar, amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida tushunchalar berildi.
Umid qilamizki, joylardagi mana shunday targ‘ibot-tashviqot tadbirlari fuqarolarni xushyorlikka, ogohlikka, mas’ullikka chorlaydi. Xalqni qiynab kelayotgan muammolarni ochiqlab, munosib takliflarini bildirish uchun imkoniyat yaratadi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun