“Xolis nazar bilan yoritiladi”

Date:

Jurnalist har sohada ilg‘or. Bugun jurnalistning qadami va qalami yetib bormagan sohaning o‘zi yo‘q hisobi. Yangiliklar, dolzarb masala va muammolar soha vakillarining doimiy e’tibor markazida. Turli soha va mavzuda tashkil etiladigan matbuot anjumanlari, press-tur va yig‘ilishlar uning ishtiroki bilan ommaga taqdim etiladi, xolis nazar bilan yoritiladi. Aslida eng muhimi ham shu.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi va “O‘zagroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi “Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi” bilan hamkorlikda press-tur tashkil etildi. Press-tur doirasida viloyatimizda faoliyat yurituvchi OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lishdi. Tumandagi “Ismoiltepa Ziroatshunosi” hududida joylashgan “Jarqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligining paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdilar. Qolaversa, fermer xo‘jaligining g‘alla maydonlaridan bo‘shagan yerga ertapishar takroriy ekinlarni ekish va parvarishlash metodlari haqidagi mutaxassislarning fikri ishtirokchilar e’tiborini tortmay qolmadi.

Press-tur so‘nggida inspeksiya xodimlari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda sohaga oid savollarga mas’ullarning atroflicha javoblari tinglandi. Tadbir yakunida Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi 1-o‘rinbosari A.Abdurahmonov 27- iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb bayrami bilan samimiy qutlash bilan birga, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Mana shunday press-tur tadbirlarini nafaqat Jarqo‘rg‘on tumanida, balki viloyatning barcha tumanlarida tez-tez o‘tkaziladigan bo‘ldi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun