Maqsad nishonga tegdi

Date:

Qishloqqa borsam, amakimning kamsuqum, kamtargina o‘g‘li ham qo‘liga kitob olgan ko‘yi hali qo‘y qo‘zi boqadi, hali otasiga yordamlashgan holda kitob mutolaasiga tutinganini ko‘raman. Ishdan bo‘shadi deguncha xonasiga kirib, dars tayyorlashga sho‘ng‘iydi. Ota-onasi ham oliy ta’limga kirish imtihonlari tobora yaqinlashayotganini anglagan holda uni ishga ko‘pam jalb etavermay qo‘yishgan.

Bugun qaysiki abituriyentning qo‘liga qaramang kitob. Goh u burchakda, goh bu burchakda biqinib bo‘lsa ham dars tayyorlashga, ilm o‘rganib, oliy ta’limga yo‘l olishga oshiqqaniga guvoh bo‘lasiz. Kimdir omadi chopmay, yoki bilimi biroz pand berib bir necha yillar talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘la olmay, ilimning inja sirlariga oshno tutingan bo‘lsa, kimdir maktabni endigina tamomlay turib hali abituriyentlik hissini totib ulgurmasidanoq, to‘plagan bilimi, dildagi ezgi niyati qorishiq maqsadiga allaqachon yetib ulgurdi.

Ana shunday shijoatli va tirishqoq yoshlarimizdan biri shubhasiz qumqo‘rg‘onlik Ozodbekdir.

U Jizzax viloyatida asosiy fan olimpiadalarining IV (respublika) bosqichi ishtirokchisi, Qumqo‘g‘on tumani 11-sonli AFCHO‘IMI 11-sinfi o‘quvchisi Ozodbek Urolov fan olimpiadasida munosib qatnashganligi uchun sertifikatni qo‘lga kiritdi hamda kirish imtihonlarisiz nufuzli universitetlardan biriga o‘qishga qabul qilindi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

YOSHLAR KASTINGDAN OʻTDI

Jurnalistika yoshlar uchun qiziqarli va qaynoq soha. Mehnat-u mashaqqat...

Inson koʻrsatmasisiz…

Amеrikalik olimlar jarrohlik roboti va uni boshqaradigan sun'iy intеllеkt...

Insonlarsiz asfalt qilinmoqda

Inson aqli, ong-u tafakkuri har qanday muammoga yechim topishga...

Talabgorlar faqat ayollarmi?

Oʻzbеkistonda 2025-yilning birinchi yarmida ayollar tomonidan ipotеka krеditiga boʻlgan...
KunTun
KunTun