“Bir xabarni ko‘rib, hayratda qoldim”

Date:

Oila muqaddas dargoh ekani yoshlikdan har birimizning qulog‘imizga singdirib kelingan, qalbimiz, ong-u shuurimizga singib ketgan tushuncha. Oila o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish, birga harakat qilish, yaxshi-yu yomon kunda birga bo‘la olishlik, mehribonchilik, borinki, jami yer yuzida mavjud eng yaxshi fazilatlarni o‘zida qamrab oladi. Shubhasiz, oila – obod turmush tayanchi, uning asosidir.
Afsuslar bo‘lsinki, ijtimoiy tarmoqdagi bir xabarni ko‘rib, hayratda qoldim. Unda O‘zbekiston hududida ajralishlar soni 16 mingdan ziyod deyilgan. Ba’zi oilalar hatto turmush qurganiga bir yil bo‘lmay ajralib ketmoqda. Qiziq, ularning bunga yetarlicha sababi bormikan? Nahot, ular oilaning naqadar muqaddas ekanini, uning shirini bilan birga achchig‘i ham bo‘lishini anglashmasa? Oilaning muqaddasligini anglatish, yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Denov tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Lutfullayeva boshchiligida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollarni reabilizatsiya qilish va moslashtirish markazi”da yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ajrim yoqasidagi oilalar bilan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bir oila bo‘lib, shirindan-shakar farzandlarni dunyoga keltirib, ularga mas’ul bo‘lish, ularning ulg‘ayishiga guvoh bo‘lish bu baxt. Hech bir narsa bu tuyg‘uga teng kelolmaydi. Darhaqiqat, oila jamiyatning bir bo‘lagi. O‘ylaymizki, tushuntirish ishlarining bari o‘z samarasini bermay qolmaydi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Cho‘lda ham ichimlik suvi…

Cho‘l hududlarida aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida...

Rasmiy daromadi boʻlmasa ham krеdit beriladi

2025 yil 23 iyundan boshlab Krеdit-axborot tahliliy markazi “Alitеrnativ...

Xitoy bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China...

Davlat xizmatchilari uchun mobil ilova yaratiladi

2025-yil 1-sеntyabrdan boshlab Oʻzbеkistonda «Davlat xizmatchisi» mobil ilovasi ishga...
KunTun
KunTun