“100 mingga yetkazish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan”

Date:

Omonxona qishlog‘ining so‘lim tabiati, shifobahsh ob-havosi va suvlari ming dardga davo ekani bilan doimo e’tiborda. Mehmonlar qadami uzilmaydigan turizm oshiyoniga aylangan. Omonxonaga yo‘li tushgan borki, u yerdagi sihatgoh, 3 ta mehmonxonalardan biriga va yoki 190 ta mehmon uylaridan birortasini tanlab, qo‘nim topishi mumkin. Turar joylar shunchaki dam olish, xordiq chiqarish vazifasini bajarmaydi. Balki mehmonni Boysun bilan yanada yaqinroq tanishishga, mahalliy aholining turmush tarzi, yashash sharoiti, milliy taomlari-yu urf-odatlari bilan yaqindan tanishtiradi. Mehmon qo‘nim topgan mehmon uyida xonadon egalari bilan birgalikda taom tayyorlashi, birgalikda o‘zbekona dasturxon atrofida tamaddi qilish zavqini tuyadi. Bunday sayohat, albatta, xorijlik sayyohlarga manzur bo‘lmay qolmasa kerak.

Ammo, shunga qaramay, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida Boysundagi Omonxona qishlog‘ida xizmatlar va servis loyihalarini kengaytirish haqida vazifalar belgilab bergan edi. Qishloqdagi hokim yordamchisi mehmonlar oqimini 100 mingga yetkazish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Omonxona qishlog‘ida xizmatlar sohasini kengaytirish maqsadida loyiha ofislari takliflari ishlab chiqarilmoqda. Aholi fikrlari ham chetda qolmay o‘rganilayotir.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida mahalliy aholi, xizmat ko‘rsatish soha vakillari jumladan, tadbirkorlar, oilaviy mehmonxona uylari, xizmat ko‘rsatish obyektlari vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, Omonxona qishlog‘iga tashrif buyuruvchi mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, takliflar o‘rganilmoqda. Omonxona qishlog‘ini infratuzulmasini yaxshilash, yangi innovatsiyalarni olib kirish, mahalliy va xorijlik mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish nafaqat turizm sohasida tub burilish yasaydi, balki aholining ishsiz qatlami bandligini ta’minlanishiga zamin bo‘ladi.

Sohibjamol Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun