Hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Date:

Inson qalbi va shuurining shunday nozik pardalari borki, unga faqat va faqat san’at namunalari bilangina yetib borish mumkin. San’at orqali barcha tabiatdagi go‘zalliklar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Inson yaralibdiki, u san’atga befarq yashay olmaydi. Sababi, san’at asarlari mangulikka daxldor, u inson ma’naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, shaxs sifatida shakllantiruvchi vosita.

Yurtimizda san’atkorlarga va san’at namunalariga bo‘lgan yuksak e’tiborni maktab, kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida ta’lim-tarbiya olayotgan, iqtidor qirralari kashf etilayotganlar misolida ko‘rish mumkin. Ushbu san’at maskanlarining faoliyati natijasida Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi va Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabi tashkilotchiligida 2021/2022-o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Hisobot konsertni boshlovchilar o‘z so‘zlari, ko‘ngil torlarini chertib o‘tuvchi she’rlar bilan boshlab berishdi. Konsert dasturida ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshidagi xor jamoasi, xalq cholg‘ulari orkestri, OBR yo‘nalishi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.

— Ixtisoslashtirilgan san’at maktabimiz ilgarilari san’at bilim yurti edi. Maktabimizga 1961-yilda asos solingan bo‘lib, unda turli bo‘limlarda o‘quvchi yoshlar ta’lim olishmoqda. Har yili an’anaviy tarzda hisobot konserti beramiz. Unda har bir bo‘limimiz o‘z yutuqlarini, eng yaxshi chiqishlarini namoyish etib borishadi. Bir nechta xalqaro festivallarga qatnashib, nufuzli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdamiz. Bularning bari, albatta, ustozlarning mehnati, — deydi xalq cholg‘u bo‘limi o‘qituvchisi Normurod Bakalov.
Hisobot konsert ko‘tarinki ruhda va o‘zgacha shukuhda bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashuvchilar har bir kichik detallarga ham alohida e’tibor qaratishgan bo‘lib, ularning liboslari ham chiqishlariga mos tarzda tayyorlangan. Tadbirda, ayniqsa, “Qilichbozlar” chiqishlari va sahna ko‘rinishlari ko‘pchilikning diqqatini jalb qildi. Ajoyib “Baxshiyona” esa xalq ag‘zaki ijodining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘ldi deyish mumkin.

— Qizim yoshligidan raqsga qiziqqani sababli Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida tashkil etilgan “Xoreografiya” yo‘nalishida 2 yildan buyon ta’lim olib kelmoqda. Turli tanlovlarga qatnashib, a’lo natijalarga erishyapti. Maktabiga kuchli mehr bergan, uyda o‘tirgan vaqtida ham maktabga ketishga shoshiladi. Buning uchun ustozlariga rahmat, – deb tadbir ishtirokchisi Boboqulova Dilafro‘z o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Konsert davomida maxsus fotosuratlar namoyish etib borilib, unda o‘qituvchi va o‘quvchilar hayoti, dars o‘tish jarayoni bilan bir qatorda butun maktab faoliyati va ularning erishgan yutuqlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

DAVRIMIZDA TERMIZIYLAR TADQIQI

Mustaqillik – qadriyatlarimiz tantanasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega....

Termiz tumanida “Mahalla karvoni”

Yurtimizning barcha viloyatlarida “Mahalla karvoni” ma’naviy-marifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotir....

Mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi

Korrupsiya rivojlnishga to‘siqdir. Tanish-bilishchilik, manfaat evaziga kimnidir muammosini hal...

Mobil qurilmalar uchun kvant himoya yaratildi

Xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida olimlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda....
KunTun
KunTun