Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni

Date:

O‘zimizni erkin his etadigan, doimo talpinadigan joy uyimiz, oilamiz davrasidir. Qoni bir, qarashlari-yu istaklari o‘xshash dilkash yaqinlar yaxshi va yomon kunda ham tirgak bo‘ladiganlar jam unda. Bolaning kelajakdagi taqdiri ham oila bilan bog‘liq. U kim bo‘lib shakllanadi, nimaga qiziqadi, iqtidori va salohiyatini belgilovchi qudrat namoyon shu oilada. 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida qadrdon go‘shaning qadr-qimmatini yana bir bor eslatgandek bo‘lar ekan, sana munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab tadbirlar, kechalar, uchrashuv va tanlovlar o‘tkazilib, munosib tarzda nishonlandi. Xuddi shunday Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va Termiz shahar Manaviyat va ma‘rifat bo‘linmasi hamkorligida Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qism Madaniyat markazida “Oila – ma’naviyat qo‘rg‘oni” mavzuida madaniy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tegishli tashkilotlar vakillari hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila azolari, shuningdek shahar mahalla fuqarolari yig‘inlaridan oilalar ishtirok etdi. So‘zga chiqqan borki, oilaning nechog‘lik muqaddas ekani, uni asrab-avaylash haqida to‘lqinlanib so‘zladi.

Termiz ixtisoslashtirilgan san‘at maktabi badiiy jamoasi tomonidan bayramona kuy-qo‘shiklar kuylanib, tomoshabinlar qalbiga manzur bo‘lgan bo‘lsa, Termiz muhandislik texnologiyalari instituti qoshidagi “Chag‘oniyon” teatr jamoasining o‘zbek milliy oilalari, hozirgacha saqlanib qolgan qadriyatlarga asoslanib sahnalashtirilgan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan yaqindan hamkorlik qilib, faollik va shijoat ko‘rsatib kelayotgan idora xodimlari hamda jamoatchilik vakillariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Qolaversa, kun mavzusidan kelib chiqib, oilalar o‘rtasida fleshmoblar uyushtirildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun