Raqiblarin ortda qoldirib…

Date:

Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar deya bejizga aytishmagan. Aks holda Sho‘rchi tumanidagi 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Diyora Mamatqo‘ziyeva “San’at g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, tomoshabin mehrini qozonmagan, 16 nafar raqini-da ortda qoldirmagan bo‘lur edi.
Raqs sirlarini o‘rganishda faqat qiziqishning o‘zi kifoya qilmaydi. Qo‘l va oyoq harakatlari bilan birgalikda ko‘z, qosh, umuman yuz qiyofa ham ma’no kasb etishi, ohangni his etib, o‘ziniki qila bilishi, sahnada sel bo‘lishi lozim. Ana o‘shandagina ko‘ngildan joy olmoq mumkin. Shuning uchun ham Diyora ustozi Sharifa Murotovaning etagidan mahkam tutdi. O‘zini san’atga bag‘ishlab, qunt bilan o‘rgandi. Ikki yillik mehnat va harakat esa o‘z mevasini ko‘rsatib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish niyatiga erishib o‘tiribdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun