Qahramonlar bilan uchrashuv

Date:

Qahramonlar faxr va g‘urur, ibrat va namuna timsoli. Ular bosib o‘tgan hayot yo‘li ertangi kunga ishonch bilan boqayotgan yigit-qizlar uchun o‘ziga xos maktab vazifasini o‘taydi. Bejizga mahallalarda nuroniylar bosh qilinib, ularning boy tajribalaridan, maslahat va nasihatlaridan foydalanilmaydi. Ana shunday muhitda ulg‘ayish tarbiyada o‘zining ijobiy jihatlarini namoyon etmay qolmaydi. Ko‘klam tantanalarini hali unutib ulgurmay, O‘zbekiston qahramonlari, mehnat faxriylari eng, eng faol yoshlar bilan yaxshi niyat bilan yozilgan dasturxon atrofida jam bo‘ldilar.

Kutilmagan sovg‘alar uchrashuv sababchilarini xursand qildi.
Monitorda tomoshabinlar hukmiga havola etilgan hujjatli filmda O‘zbekiston qahramoni Rahmon Muhammadiyevning hayot yo‘lidan lavhalar namoyishi qahramonimiz uchun kutilmagan hadya bo‘ldi. Dunyoga mashhur oftalmolog bu o‘tgan davrlarni tik turgan holda tomosha qilib, o‘z his-tuyg‘ularini, quvonch-u minnatdorchiligini yashirmadi.

Mehnat faxriysi Bozor Rahmonovning umr chizgilaridan parchada aks etgan tasvirlar ham otaxon ko‘zlarini yoshladi.
Shuningdek, mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonov, qolaversa, yaqin o‘tmishdagi fidoyi, umri davomida viloyatning har tomonlama rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan 5 qahramon (Murod va Abdulla Xo‘jamqulovlar, Do‘stmuhammad Otarboyev, Stepan Bogma, Mixail Yeremeyevlar) haqidagi filmlar ham namoyish etildi.
Uchrashuvdan keyingi manzil Hakim At-Termiziy qadamjosi bo‘ldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yurtni ardoqlab…

Vatan mustaqilligi — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati....

AJDODLAR RUHIGA EHTIROM KO‘RSATAYLIK

Alloh taolo insonni bu dunyoning eng aziz va mukarram...

Kutubxona: kitoblar maskanidan imkoniyatlar makonigacha

Bugungi texnik taraqqiyot hayotimizning deyarli barcha jabhalarini o‘zgartirmoqda. Ta’lim...

XALQ BILAN HAMNAFAS MAHALLA

Mahalla — xalq hayoti bilan eng yaqin bog‘langan, odamlarning...
KunTun
KunTun