Noma’lum mehmon

Date:

Muzrabot tumanidagi “Muzrabot darvoza” mahallasida noma’lum turdagi qushni uchratishdi. To‘g‘ri-da, latofatli uzunoyoqning bizning o‘lkalarga tashrifi har kimning ham e’tiborini tortishi aniq. Mahalliy aholi zudlik bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga xabar berishdi.


Murojaatga asosan ushbu qush tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan holat o‘rganildi. Uzunoyoq qush kulrang turna ekani aniqlanib, vaqtinchalik saqlash uchun Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi.
Aytish kerakki, kulrang turna – Yevropada hayot kechiruvchi yirik qush bo‘lib, miqdoriga ko‘ra turnalar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Balandligi 115 santimetr, qanotlarining yoyilgandagi holati esa 180-200 santimetrni tashkil etadi. Vazni esa 6 kilogramgacha yetishi qayd etilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun