Istiqbolli hamkorlik

Date:

Sport sohasidagi yutuqlarimizdan faxrga to‘lamiz. Ammo, shuni ham aytish va tan olish kerakki, imkoniyatlar to‘la ishga solinsa va yoshlar to‘g‘ri yo‘naltira olinsa, bundan-da yuqori marralarni zabt etish aniq. yutuqlar va muvaffaqiyatlar ham intilish va harakatga qarab erishilishi ayni haqiqat. Ayni shu maqsadda Termiz olimpiya zaxiralari kolleji va O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasi o‘rtasida Dzyudo sport turini nufuzini ko‘tarish, jahon arenalarida yosh sportchilarimizning yuqori natijalarga erishishini ta’minlash va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.


Qolaversa, Dzyudo federatsiyasi vakillari tomonidan Dzyudo sport turi bo‘yicha kiritilgan yangi qonun qoidalar to‘g‘risida tashkil etilgan seminar hech kimni e’tiborsiz qoldirmadi. Olimpiyada ishtirokchilari Sh.Lutfullayev va X.To‘rayevlar tomonidan namoyish etilgan ajoyib master klasslar esa sportchi yoshlarni yanada ruhlantirdi va o‘zlariga nisbatan ishonchini oshirdi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh avlod va harbiylar: hamkorlik mustahkamlanmoqda

Termiz tumanidagi 18-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari...

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov “Oydin yo‘l” mahallasida amalga...

Ishlar nega sust?

Denov tumani hokimi o‘rinbosari Sherzod Isanov ishtirokida aholi bandligini...

Nuroniylar sayohatga yo‘l oldi

Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand...
KunTun
KunTun