Tajribali vrachlar Oltinsoyga bordi

Date:

Har bir sohani rivojlantirish negizida xalq manfaati yotadi. Birgina tibbiyot sohasini oladigan bo‘lsak, bemorlar sog‘ligini tiklash uchun chekka bir hududdan shaharga, poytaxtga, yoinki chet elga borishiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida ma’lum bir mablag‘ talab etadi.
Oltinsoy tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, viloyat markaziga borib davolanishga qurbi yetmayotgan bemorlarning uzog‘ini yaqin qiluvchi amaliyot yo‘lga qo‘yildi. Endilikda Termiz shahridagi viloyat shifoxonalarida ishlayotgan tajribali vrachlar Oltinsoyga kelib, murakkab muolajalarni o‘tkazib, tumandagi hamkasblariga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Oltinsoy tuman markaziy shifoxonasining Shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida ana shunday imkoniyati yetmagan 3 nafar bemorda viloyatdan kelgan malakali shifokor, Termiz shahridagi ko‘p tarmoqli 1-sonli kasalxonasining xirurg vrachi Bahodir Ahadov oltinsoylik shifokorlar bilan birga jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bir so‘z bilan aytganda ularni darddan forig‘ etdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun