Hoji ona ibrati

Date:

Termiz shahridagi 3-sonli maktabda “Mohir qo‘llar” to‘garagi tashkil etildi. To‘garak rahbari esa maktab joylashgan “Shodlik” mahallasida yashovchi hoji ona Mun Alla Egorovnadir. To‘garakda to‘qishga ishtiyoqi bor o‘quvchi qizlar qiziqish bildirib qatnayapti. To‘qish jarayonini kuzatib tursangiz, hoji ona qizlarga to‘qish texnikasi, usullarini o‘rgatish bilan birga urf-odatlar, o‘zbek qiziga zeb bo‘ladigan odatlar haqida so‘zlaydi.

Qiziqarli va ibratli rivoyatlar aytib, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda. Bu an’ana boshqa maktablarda ham tashkil etilsa, qizlarimiz nafaqat hunar o‘rganadi, balki pir-u badavlat onaxonlarimizning nasihat va maslahatlarini quloqlariga tumordek ilishadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...
KunTun
KunTun