“Profilaktika inspektorlari o‘z ishini qoyillatishi kerak”

Date:

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlarining asosiy vazifasi jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilgach, u yoqdan bu yoqqa chopib, jinoyatchilikni bartaraf etish emas, aslida jinoyatning oldini olish, huquqbuzarliklarga moyilligi bor fuqarolar bilan muntazam ishlab, ularning ongidagi og‘ishlarni vaqtida bartaraf etishdir. Besh qo‘l barobar emas. Hamma profilaktika inspektorlari ham vazifasini to‘laqonli uddalaypti deya olmaymiz.
Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Anvar Normamatov boshchiligida mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokidagi navbatdagi yig‘ilishda ham profilaktika inspektori mahallaning tayanchi, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydigan, jinoyatchilikning oldini oladigan huquq-tartibot posbonlari bo‘lishi kerakligiga alohida urg‘u berildi.


Mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan Ichki ishlar organlarining haqiqiy vakili sanalgan profilaktika inspektorlari bilan bo‘lgan uchrashuvda hududlardagi siyosiy, ijtimoiy vaziyat muhokama qilindi. Jumladan, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Mahalladagi notinch oilalar turmush tarzini va fuqarolarning muammolarini o‘rganib, bosqichma-bosqich hal qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalardagi namunali oilalarni e’tirof etish hamda ularning hayotiy tajribasini o‘rnak sifatida targ‘ib qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...
KunTun
KunTun