Qilmishidan pushaymon…

Date:

Bekorchilik har qanday illatga eshik ochadi. Beboshlik ko‘chasiga kirib qolgan, jinoyatga qo‘l urgan yoshlar haqida gap ketganda, ko‘proq ularni ayblaymiz. Ammo, eng katta aybdorlar ularga yetarli e’tibor qaratmagan ota-ona, mahalla-ko‘y va jamiyat emasmi? Axir har qanday niholni ham to‘g‘ri va ravon o‘sishi uchun bog‘bonning xizmati katta ekanini yaxshi bilamiz-u, tarbiyaga kelganda sustkashlik qilamiz. Sabablarimiz ham tayyor, vaqtimiz yo‘q, turmush tashvishlari bilan ovoraligimiz… vaqtni orqaga qaytarib bo‘lganidami, degan attang va afsuslardan esa foyda bo‘lmaydi. Bir yoshning taqdiri esa so‘roq ostida qolib ketaveradi. Nima bo‘lganda ham, hechdan ko‘ra kech deganlaridek, yoshlarni to‘g‘ri va sog‘lom muhitga qaytarish, ikkinchi imkonni berib, munosib hayot kechirishi uchun harakat qilmog‘imiz lozim.


Uzun tumanida ham 25 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan probatsiya hisobida turuvchi yosh mavjud. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Probatsiya guruhi nazoratida turib jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, bandligini taʼminlash hamda hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida bir qator tadbirlar tashkillashtirildi.


Birinchi navbatda jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazildi. Huquqbuzarlik va jinoyat ishlari ko‘rib chiqildi. Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan tegishli xulosa chiqarib, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 4 nafar yosh jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Sud ishidan so‘ng, ana shunday yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. G‘oliblar aniqlanib, prokuratura tomonidan munosib taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...

595 ta tashqi reklamaning 293 tasi qonunga zid

Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi...

Ijara to‘lovida imtiyoz bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoni bilan davlat...
KunTun
KunTun