“Tashabbusdan ko‘zlagan maqsadiga yetdi”

Date:

Til bilish muhim. Bu o‘zimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishimizga sharoit yaratadi. O‘rganish uchun esa tasavvurimizda maktabimizdagi ingliz yoki rus tili fanlaridagi saboqlar yetarlidek tuyilmaydi. Albatta, repititorga borish, ma’lum bir mablag‘ to‘lab o‘qib o‘rganishgina natija beradigandek. Axir hamma shunday qilib til o‘rganadi-da. Biz ham ana shu yo‘lni, dovonni bosib o‘tishimiz, aynan takrorlashimiz kerak. Aslida esa mutlaqo unday emas.
Bir emas, hatto bir nechta tillarni mustaqil o‘rganish, o‘zlashtirish mumkin. Ayniqsa, buning uchun yetarlicha shart-sharoit va imkoniyat mavjud bo‘lgan bir paytda. Xolbuki, internetning xavfi, zarari haqida tinmay bong uramiz. Ammo, foydasini o‘zimiz kashf etishimiz kerak. Sababi kimning qanday foydalanuvchiga aylanishi bu o‘sha insonning o‘zigagina bog‘liq. Internet tarmoqlari orqali til kurslarini onlayn tinglab tomosha qilib, til o‘rganayotganlar ham bugun ko‘pchilikni tashkil etadi.
Hamma ham repititorga borish imkoniyatiga ega emas. Bilimga chanqoq, til o‘rganishga ishtiyoqi baland yoshlar esa mana shunday imkoniyatdan unumli foydalanishlari mumkin. To‘g‘ri, bu haqida hamma ham to‘lish ma’lumotga ega emasdir. Shu sababdan targ‘ibot-tashviqotni kuchaytirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
Jarqo‘rg‘on tumanining “Qorayontoq” mahallasi yoshlar yetakchisi Jamshid To‘xtayev ana shunday tashabbusga qo‘l urdi. Tumandagi 46-maktabda bo‘lib, o‘quvchilarga til o‘rganishning ana shunday usullari haqida gapirib, motivatsiya berdi. Turgan gapki, ushbu chorlovlar yoshlarning e’tiborini tortdi, qiziqishini oshirdi. Yoshlarning talablariga binoan videodarsliklarni internet tarmog‘i orqali qo‘yib bergan yetakchi, shubhasizki, tashabbusdan ko‘zlagan maqsadiga yetdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun