Foydalanishga topshirildi

Date:

Barcha tashkilot va idoralar xalq uchun xizmat qilar ekan, demak risoladagidek shart-sharoit yaratish davr talabi. Qolaversa, bu ishchi-xodimlarning munosib faoliyat yuritishi uchun ham muhim. Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jarqo‘rg‘on tuman filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Bu esa tuman ahli va filial jamoasining katta xursandchiligiga sabab bo‘ldi va ochilish marosimi katta tantanaga ulandi. Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov, tuman hokimligi vakillari hamda tizim mutasaddilari mana shunday quvonchli voqeaga sherik bo‘ldilar. Tashrif buyurganlar borki, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, qulayliklardan shodlanishdi.
Ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega binoda 17 ta xona mavjud bo‘lib, unda majlislar zali, arxiv xona va ma’naviyat xonalari hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi yumshoq va qattiq mebellar, zamon talablarga javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlangan. Asosiysi xonalar shinam va yorug‘, barcha qulayliklar muhayyo, faqatgina talab etiladigani mana shunday g‘amxo‘rlika javoban sidqidildan munosib mehnat qilish lozim.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun