7 nafar yoshni kasbga o‘rgatish bo‘yicha dastlabki qadamlari tashlanishiga erishildi

Date:

Uyushmagan yoshlar haqida ko‘p to‘xtalamiz, ularning bandligini ta’minlash, u yoki bu sohaga qiziqtirish uchun olib borilayotgan ishlar haqida o‘qib qolamiz. Xo‘sh, uyushmagan yoshlarni ham jamiyatga qo‘shish, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zini oqlayaptimi?
Xuddi shunday Qiziriq tuman 2-sektor rahbari J.Rahimovga biriktirilgan 20 nafar uyushmagan yosh bilan manzilli ishlash reja qilingan. Ana shunday rejalardagi birinchi qadam uyushmagan yoshlarni Angor tumanidagi monomarkazga olib borish bo‘ldi. O‘z navbatida ularni kasbga o‘rgatish, qiziqishlarini aniqlash va yo‘naltirish uchun mutaxassislar bilan amaliy uchrashuv tashkil qilindi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida qurilish sohasiga qiziqqanlarni bevosita qurilish obyektlariga olib borildi. Quruvchilar tomonidan qurilish sohasi yaqindan tanishtirildi. Usta-dehqonlar yoshlarga tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan, xususan issiqxona tashkil qilish va mahsulot yetkazish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Bir kunlik sayyor o‘rganishlar natijasida 7 nafar yoshni kasbga o‘rgatish va tomorqadan samarali foydanishlari bo‘yicha dastlabki qadamlari tashlanishiga erishildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya...

Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni...

Ishlar jadallashmoqda

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va...
KunTun
KunTun