Ko‘krak nishonlari ta’sis etildi

Date:

Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan o‘z ishining ustalari hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadilar. Ushbu mukofotlar 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin. Shuningdek, mukofotlangan shaxslarga BHMning to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Ha aytgancha, bir shaxs ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta mukofotlanadi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inspektor xizmat xonasida bo‘lmasa

Fuqarolar mahalladagi profilaktika inspektori xizmat xonasida bo‘lmagan vaqtda ham...

Ayollar uchun yangi daromad manbayi

Xotin-qizlar bandligini ta’minlashda ularning mavjud imkoniyatlari va qiziqishlariga mos...

Iste’dod va imkoniyatlar namoyishi

Insonning imkoniyatlarini namoyon etishi uchun unga sharoit va qo‘llab-quvvatlash...

Har bir bola oilada ulg‘ayishi uchun

Bola uchun eng yaxshi muhit — oila bag‘ri. Biroq...
KunTun
KunTun