JARQO‘RG‘ON FAXRIGA AYLANGAN YOSHLAR

Date:

Mental arifmetikaning foydasini, bola ongiga ta’sirini bilgan ota-onalar, albatta, farzandini mental arifmetika bilan shug‘ullanishini ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda bog‘cha-yu maktablarda ham xuddi shunday to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, malakali mutaxassislar tomonidan puxta bilim va ko‘nikmalar berib kelinmoqda.

Mental arifmetika bo‘yicha turli tanlovlar, olimpiadalarning muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgani esa o‘quvchi-yoshlarning bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishga xizmat qilyapti. Termiz shahrida mental arifmetika ochiq olimpiadasining respublika bosqichi ham ayni sabablarga xizmat qildi. Bilimga chanqoq va iste’dodli yoshlarning o‘zlashtirganlari berilgan topshiriq va vazifalarni zumda bajarishga sabab bo‘ldi.

Jarqo‘rg‘onlik Sardor Bobomurodov tayyorlagan shogirdlarning 6 tasi oliy o‘rin, 29 tasi 1-, 15 tasi 2-, 5 tasi 3-o‘rinni egallagani esa ustozi yuzini yorug‘ qildi va voha faxriga aylanishdi. S.Bobomurodovni esa “Eng kuchli trener” degan nomga sozovor etdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun