Sovg‘alar egalariga topshirildi

Date:

Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur. Rost-da, ayniqsa, yangi va foydalanish qulay bo‘lgan ish qurolingiz, yanada yaxshi mehnat qilishga motivatsiya beradi. Sariosiyo tuman madaniyat markazida faoliyat yuritguvchi san’at ahli borki, bu kunda o‘zgacha shijoat va g‘ayrat bilan ijod qilishga sho‘ng‘ib ketgan.

Sababi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan quyi tizim ya’ni tumanlar, markazlar kesimidagi madaniyat markazlari, xususan, So‘fiyon, Bo‘ston, Sharg‘un shahar madaniyat markazlariga turli xil musiqa cholg‘u asboblari berildi.

– Madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi biz kabi soha vakillariga bo‘layotgan e’tibor, shart-sharoitlar, albatta, madaniyat xodimlarining xursandchiligiga va yanada mas’uliyatli faoliyat olib borishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari madaniy-ma’rifiy tadbirlarimizning sifatiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, – deydi Sariosiyo tuman madaniyat markazi rahbari O.O‘rinov.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun