“Men ham harbiy bo‘laman…”

Date:

Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabiga harbiy libosidagi bir guruh mehmonlarning tashrif buyurgani o‘quvchilarni sergaklantirib qo‘ydi. Shaddod bolalar havaslanib boqdi. Bir-birlariga “men ham harbiy bo‘laman”, deya shivirlashga ham ulgurishdi.

Haqiqatan ham hayotini vatan xizmatiga baxshida etgan harbiylar faxrimiz, g‘ururimiz. Ular bor ekan tunlarimiz tinch, kunduzimiz charog‘on. Maktabda janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiylari va faxriy mehmonlar ishtirokida “Vatanni sheryurak bahodiri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
O‘z navbatida aytish kerakki, harbiylikda o‘tkazilgan hayot yo‘li o‘quvchi-yoshlar uchun qiziq. Tadbir davomida mehmonlarining boshlaridan o‘tkazgan qiziqarli voqealar, sarguzashtlarni barcha maroq va hayajon bilan tingladi.

Harbiy bo‘laman degan orzuning o‘zi esa kamlik qiladi. Buning uchun o‘qish, yaratilgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, mehnat va tinimsiz harakat qilish lozim. Mehmonlar yoshlarni ana shunday bo‘lishga chorladi. Harbiylik kasbiga havas uyg‘otib, orzularini yanada alanga olishiga sabab bo‘ldilar.

Zulfiya Soipova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun