Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va xavfli qoidabuzarliklarning oldini olişga qaratilgan qonunchilik özgartirişlari ma’qullandi.
Senatning 21-yalpi majlisida körib chiqilgan qonunga muvofiq, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Voyaga yetmaganlarga transport boşqarışni topşirib, oğir tan jarohati yoki ölimga sabab böliş uçun ham jinoiy javobgarlik kuçaytirilmoqda. Bunday holatlarda uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
Tezlikni 40, 60 va 80 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun tegishli ravishda 25, 45 va 65 BHMgaça jarima belgilanmoqda. Eng oğir holatda haydovçi olti oyga boşqarış huquqidan ham mahrum etiladi.
Şuningdek, drift, xavfli manyovrlar va boşqa harakat iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.
Mazkur özgartirişlar haydovçilar mas’uliyatini oşiriş, qoidabuzarliklarning oldini oliş va yöllarda inson hayotini himoya qilişga qaratilgan.

