JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Date:

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol topishi, avvalo, ota-onaning mas’uliyatiga bog‘liq. Shu bois farzand tarbiyasi va uning asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga befarq munosabatda bo‘lish qonunchilikda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Endilikda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar imkoniyati bo‘la turib, bolaning asosiy ehtiyojlarini qasddan qondirmasa va bu uning sog‘lig‘i hamda jismoniy, aqliy yoki axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazsa, ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Jumladan, bola tarbiyasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki unga g‘amxo‘rlik qilmaslik uchun BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, takroran sodir etilganda esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima belgilanadi.

Voyaga yetmaganning majburiy ta’lim olishiga to‘sqinlik qilish uchun BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, bu holat bir yil ichida takrorlansa, 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi.

Bu talablar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻl qoidasini buzsa, qimmatga tushadi

Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va xavfli qoidabuzarliklarning oldini...

JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol...

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...
KunTun
KunTun