NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi» hamda «Qomusimiz — baxtimiz va huquqlarimiz kafolatidir» mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Unda Respublika «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i Majid Hamdamovich Umarov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Anvar Rajabov, tuman «Nuroniy» jamg‘armasi raisi Cho‘tpulat Abduraimov, mehnat faxriylari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda nuroniylar hayot yo‘li, mehnat faoliyatidagi tajribalari, mashaqqatli davrlar va bugungi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdilar. Ularning ibratli fikrlari yoshlarni Vatanga sadoqat, tinchlikni qadrlash, bilim olish va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratildi.

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka parvoz davomida yozgan maktubi mazmuni muhokama qilinib, undagi oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, kattalarga hurmat va mehr-oqibat masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbirda Konstitutsiyamizda belgilangan huquq va erkinliklar, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyati haqida ham fikr almashildi.

Uchrashuv avlodlar davomiyligi va hayotiy tajribaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol...

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...

ANGORDA BIOKO‘MIR TAYYORLANADI

Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish va yer resurslaridan samarali...
KunTun
KunTun