172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yish maqsadida navbatdagi qabullar o‘tkazildi.

Ommaviy qabulda shahar va tumanlar studiyalari orqali 65 nafar fuqaroning 80 ta masala yuzasidan murojaati tinglandi. Shundan 13 tasi joyida hal etilib, qolgan 67 ta masala bo‘yicha mas’ullarga ijro muddatlari belgilandi.

Tadbirkorlar qabulida 50 nafar tadbirkorning 58 ta murojaat va taklifi ko‘rib chiqildi. 7 ta masala joyida hal etildi, qolgan 51 ta murojaatni tegishli tashkilotlar ishtirokida qo‘shimcha o‘rganish va qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shaxsiy qabulda esa 31 nafar fuqaroning 34 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 6 tasi joyida hal etilib, qolgan 28 ta masala yuzasidan mas’ullarga aniq muddatlar belgilandi.Shu tariqa, qabullar davomida jami 146 nafar fuqaro va tadbirkorning 172 ta murojaati ko‘rib chiqildi.

Viloyat hokimi murojaatlarni yuzaki ko‘rib chiqish bilan cheklanmasdan, har bir masalaning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, sun’iy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning yechimi bo‘yicha amaliy natijaga erishish zarurligini ta’kidladi.

Murojaatlar yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi nazoratga olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol...

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...

ANGORDA BIOKO‘MIR TAYYORLANADI

Qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish va yer resurslaridan samarali...
KunTun
KunTun