Hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, sug‘orish infratuzilmasini yaxshilash hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalari doimiy e’tiborda. Bu boradagi ishlar ijrosi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Muzrabot tumaniga tashrifi davomida o‘rganildi.
Viloyat rahbari tumanning S. Sattorov hududida g‘alla maydonlarini oziqlantirish, kuzgi shudgorlash, ariqlarni betonlash, sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirish hamda dala chetlariga ko‘chat ekish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov va mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bajarilayotgan ishlarning holati va sifati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

