Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari teatr jamoalarining spektakllari namoyish etildi. Jumladan, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Momo yer”, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrining “Красные башмачки” hamda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining “Millat fidoyisi” spektakllari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.
Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Momo yer” spektaklida Ikkinchi jahon urushining insonlar taqdiriga ta’siri, urush tufayli yaqinlaridan ayrilgan oilalar va onalarning kechinmalari aks ettirilgan. “Millat fidoyisi” spektaklida esa prokuratura organi xodimi Badriddin Sharipovning hayoti, faoliyati va boshidan kechirgan sinovlari sahna orqali yoritilgan.

