Agrar loyihalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi

Date:

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ish kuni avvalida “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida tashkil etilgan ishchi muhokamada hokim o‘rinbosarlari va soha mas’ullarining amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Muhokamalarda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va agrar loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq reja va natijalar asosida ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun