Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Nufuzli musobaqada Angor tumanidagi 9-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internat o‘qituvchisi Feruza Ergasheva ham ishtirok etib, J1 klassida +70 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Feruza Ergashevaning jahon chempionatidagi ushbu natijasi Surxondaryo sporti uchun navbatdagi yutuqlardan biri bo‘ldi.

