2500 metr balandlikdagi yer ilk hosilini berdi

Date:

Boysun tumanining Qizilnavr mahallasi Kengdala qishlog‘ida, dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida bu yil ilk bor o‘zlashtirilgan yer maydonlarida kartoshka hosilini yig‘ib olish boshlandi.

Mazkur ishlar o‘rmon fondining foydalanilmay kelinayotgan, o‘rmon bilan qoplanmagan yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi. Tajriba tariqasida namanganlik usta dehqon Adhamjon Yo‘lchiyev 10 gektar maydonga kartoshka ekdi.

Yuqori tog‘ sharoitida hosil yetishtirish uchun ekin maydonlariga 3,5 kilometr uzoqlikdagi buloq suvi polietilen quvurlar orqali olib kelindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, har gektardan o‘rtacha 35 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan.

Kengdaladagi tajriba tog‘li hududlarda foydalanilmayotgan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish imkoniyatini ko‘rsatmoqda. Bu yerda kelgusida 10 gektar maydonda 15 ming tup gilos ko‘chatidan iborat bog‘ barpo etish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, suvdan samarali foydalanish uchun membrana usulidagi sug‘orish tizimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba muhimmi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan...

Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit,...

“Oltintepa”da ko‘chalarning 95 foizi asfaltlandi

Jarqo‘rg‘on tumanining Oltintepa mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom...

Tarix sahnaga ko‘chdi

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan...
KunTun
KunTun