ANGORDA ZAMONAVIY AGROTEXNOLOGIYALAR ASOSIDAGI LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Date:

Angor tumanining Bahor mahallasida Xalq banki hamda “Agrostar” MChJ hamkorligida zamonaviy agrosanoat kompleksini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi Qosim Mardonov loyiha doirasidagi ishlar bilan tanishib, qurilish va issiqxonalarni tashkil etish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Ayni paytda zamonaviy issiqxonalarda karam, turli xil salat barglari va qulupnay yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, ekinlarni tuproqsiz, ozuqa eritmalari asosida yetishtirish imkonini beruvchi gidroponika texnologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Kompleks hududida ma’muriy bino va ofislar qurilishi ham davom etmoqda.

Loyiha orqali qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mavjud maydonlardan samarali foydalanish, mahsulot hajmi va sifatini oshirish, aholi bandligi hamda yangi daromad manbalarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tajriba muhimmi?

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan...

Ekologiya darsdan chiqib, amaliyotga yaqinlashdi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ekologik audit,...

“Oltintepa”da ko‘chalarning 95 foizi asfaltlandi

Jarqo‘rg‘on tumanining Oltintepa mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari davom...

Tarix sahnaga ko‘chdi

1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan...
KunTun
KunTun