Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi va madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi.
Unda O‘zbekiston, Chexiya, Fransiya, Italiya, Rossiya va Tojikistondan olim va tadqiqotchilar, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiyaning 4 ta ilmiy sho‘basida Markaziy Osiyo mifologiyasi, qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, Sopolli va Oks sivilizatsiyalari, Baqtriya, Marg‘iyona va Xorazmning qadimiy merosi, zardushtiylik va buddaviylikning tarixiy ildizlari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, tarix, arxeologiya, antropologiya va dinshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy ma’ruzalar tinglanib, qadimgi merosni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

