Kitob bilan ulg‘aygan oila

Date:

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining viloyat bosqichi qizg‘in bahslar ostida o‘tkazildi.

Tanlov davomida oilalar badiiy asarlar yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, mutolaa borasidagi salohiyati, zukkoligi va hamjihatligini namoyon etdi.

Bellashuv yakunida Termiz shahrining “Bog‘ishamol” mahallasidan Xidirov Muxriddin oilasi birinchi, Termiz tumanining “Qoraxon” mahallasidan Bekkamova Mavlyuda oilasi ikkinchi, Jarqo‘rg‘on tumanining “Eskiqishloq” mahallasidan Tojiyeva Aziza oilasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib oilalarning muvaffaqiyati kitobga mehr va mutolaa an’anasi oilaviy muhitda shakllanishining yorqin namunasidir.

Zero, kitobxon oilada ulg‘aygan farzandning dunyoqarashi keng, maqsadi esa ulug‘ bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun