Sport maktablari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryoda yoshlarni sportga keng jalb etish va sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sport-ta’lim muassasalariga zamonaviy sport jihozlari va anjomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sport vazirligi tomonidan viloyatdagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassasalari uchun 9 turdagi 1 300 dan ortiq zamonaviy sport jihozlari va anjomlari hamda 10 mingdan ziyod sport kiyimlari ajratildi. Mazkur inventarlar belgilangan tartibda tegishli sport muassasalariga topshirildi.

Yangi jihozlar sportchilar uchun mashg‘ulotlar sifatini oshirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada qulay sharoit yaratish hamda iqtidorli sportchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yoshlar sportiga yaratilayotgan bunday sharoitlar — sog‘lom avlod va yangi sport yutuqlariga mustahkam zamin!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...

Taxiatoshlik yosh “Jasorat maktabi”da chiniqdi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil hayotga...

Obodlik ishlari nazoratda

Termiz shahrining qiyofasi, ko‘chalar va mahallalardagi tozalik hamda aholiga...

Bugungi media maydoni qanday mutaxassisni talab qiladi?

Bugun axborot xizmati rahbaridan faqat yangilikni yetkazish emas, balki...
KunTun
KunTun