Ustozlar maydonda

Date:

Sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni targ‘ib etish, ustozlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahrida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida o‘tkazilayotgan V “Ustozlar milliy forumi” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari uchun sport festivali tashkil etildi.

Musobaqalarda ustozlar sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashib, chaqqonlik, mahorat va irodalarini namoyon etdilar.

Quvonarlisi, festivalda Surxondaryo viloyati jamoasi ham munosib ishtirok etib, qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, kamondan o‘q otish bahslarida 1- va 3-o‘rinlar, yugurish musobaqasida 3-o‘rin hamda shaxmat bahslarida 3-o‘rin viloyat vakillariga nasib etdi.

Sport festivali ustozlarning kasbiy mahorati bilan bir qatorda, ularning jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy ruhga ham katta e’tibor qaratishini namoyon etdi. Bunday tadbirlar pedagoglar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash bilan birga, sog‘lom va faol hayot tarzini targ‘ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...

Ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaganlar g‘olib

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi katta majlislar...

“Salomatlik marafoni” start oldi

Sariosiyo tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va...
KunTun
KunTun