Sahnada “Jajji nurli yulduzlar”

Date:

Bolalik – iste’dod va ijodkorlik kurtaklari namoyon bo‘ladigan eng go‘zal davr. Ana shu qobiliyatlarni erta aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va bolajonlarga o‘z iste’dodini namoyon etish imkonini yaratish maqsadida Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan viloyat bosqichida tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta eng yaxshi jamoa ishtirok etib, o‘zining ijodiy salohiyati va sahna mahoratini namoyish etmoqda.

Quvnoq kuy-qo‘shiqlar, nafis raqslar, mazmunli sahna ko‘rinishlari va rang-barang ijodiy chiqishlar orqali jajji ishtirokchilar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, o‘zlarining betakror iste’dodlarini namoyon etmoqda.

Bunday tanlovlar bolalarning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarish, sahnada o‘zini erkin tutish ko‘nikmasini shakllantirish va iste’dodini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun