“To‘g‘on” mahallasida infratuzilma yangilanmoqda

Date:

Hududlarda aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish, avvalo, zamonaviy infratuzilmani shakllantirishdan boshlanadi. Shu ma’noda, og‘ir toifaga kiritilgan mahallalarda yo‘l, elektr ta’minoti va obodonlashtirish bilan bog‘liq loyihalarning amalga oshirilayotgani aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori asosida “To‘g‘on” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari belgilangan.

Loyiha doirasida 4 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash, 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish, 4 kilometr yangi elektr tarmog‘i tortish, beton ustunlar o‘rnatish hamda yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ayni paytda mahallaning ichki ko‘chalarida asfaltlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu ishlar natijasida aholi uchun harakatlanish sharoiti yaxshilanib, hududning obodligi va infratuzilmaviy jozibadorligi yanada oshadi.

Eng muhimi, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari “To‘g‘on” mahallasi aholisi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun