“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Date:

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho qadriyatlarni targ‘ib etishda badiiy-publitsistik asarlar muhim o‘rin tutadi. Ana shunday mazmunli loyihalardan biri — shoir va publitsist Shahriyor Shavkatning “Hirotga, bobomning huzuriga!” nomli kitobi taqdimoti hamda adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

“Jadid kutubxonasi” rukni ostida nashr etilgan safarnomada muallifning Afg‘onistonga safari taassurotlari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz bilan bog‘liq tarixiy maskanlar hamda bugungi hayot manzaralari badiiy-publitsistik ruhda yoritilgan.

Taqdimotda adabiyot va ilm-fan namoyandalari kitobning tarixiy xotirani asrash, milliy o‘zlikni anglash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Muallif bilan ijodiy muloqot, she’riy chiqishlar va adabiy mushohadalar kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy adabiyotimiz va boy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga xizmat qiladigan muhim madaniy-ma’rifiy uchrashuv bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun