Sopollitepada 4 ming yillik ipakchilik tarixi tasdiqlandi

Date:

O‘zbekistonning boy tarixiy merosini o‘rganishga xizmat qilayotgan ilmiy izlanishlar jahon ilm-fani uchun muhim yangiliklarni taqdim etishda davom etmoqda. Surxondaryo viloyatidagi Sopollitepada aniqlangan noyob topilma buning yana bir yorqin isbotidir.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va xalqaro olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Sopollitepadan topilgan pilla parchalari xonaki ipak qurtiga tegishli ekani tasdiqlandi. Radiokarbon tahlillari ularning miloddan avvalgi 1940–1765-yillarga oid ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari nufuzli Science Advances jurnalida e’lon qilindi.

Mazkur kashfiyot Markaziy Osiyoda ipakchilik an’analari bronza davridayoq shakllanganini ilmiy asosda tasdiqlab, mintaqaning qadimiy sivilizatsiyalar va ipakchilik tarixidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi. Bu topilma O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini dunyo miqyosida targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun