Mazmunli ta’til — unutilmas taassurotlar

Date:

Qiziriq tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 60 nafar farzandi homiylar ko‘magida Sherobod tumanidagi “Vandob oltin bulog‘i” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga dam olish uchun yuborilmoqda.
Mazkur tashabbus bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi hamda jismoniy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Oromgohda sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli tanlovlar va madaniy dasturlar tashkil etilib, bolajonlarga quvonchli va esda qolarli lahzalar ulashiladi. Bu kabi ezgu tashabbuslar yosh avlodning barkamol voyaga yetishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun