TOMORQADAN DAROMAD

Date:

Denovlik Dilovar Axmatqulova “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatilgan amaliy yordam va davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. “Mahalla yettiligi” ko‘magida tegishli loyiha asosida qo‘llab-quvvatlangan fuqaro bugungi kunda o‘zining 10 sotix tomorqa yer maydonida zamonaviy issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada asosan qulupnay hamda turli poliz ekinlari yetishtirilmoqda.

Mazkur tashabbus nafaqat oilaning bandligini ta’minlashga, balki qo‘shimcha daromad manbayini yaratishga ham xizmat qilmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulotlar ichki bozorga chiqarilib, xaridorlarga sifatli va ertachi hosil yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda davlat dasturlari doirasida aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun